Dasturlash haqida tushuncha | WEB nima!

...

Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python ) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.

Dasturlash 1) elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil akdiy mehnat turlarini bajarish na-zariyasi va usullarini ishlab chi-qish bilan shugʻullanadigan fan; algo-ritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.

Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashi-naga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, profamma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.

Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bos-qichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsi-fini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash

Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga boglits boʻlmasligi va iboralar struktu-rasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nukali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl ope-ratorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzga-ruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.

Juda koʻp dasturlash tillari (algol-60, q. Algol), muhandislik va ilmiy masalalarni yechish uchun fortran, iqtisodiy hisoblashlar uchun kobol, matematik modellar uchun si mula, tako-millashgan algol-68, PL/I yaratildi. Ularning har biri uchun shu tillarda ifodalangan masalalarga qarab mashina programmasini avtomatik tarzda qaytatuzuvchi translyatorlar mavjud. Taxminiy mashina tili ikkilik sistemadan koʻra yanada qulayroq simvollarda ifodalangan mashina komandalari terminlaridagi programmalar boʻlib, bunda koʻpincha, yuqori darajadagi til sifatida blok sxemalardan foydalaniladi.

Dasturlashning programma tuzilgandan keyingi yana bir asosiy bosqichi „tekshirish“ (otladka) boʻlib, bunda yoʻl qoʻyilgan xatolar topiladi va tuzatiladi. Programmalar kodlanadi va mashinaga maxsus qurilma yordamida kiritiladi. Amaliyotda Dasturlashning yangi va tezkor usullari bor (2004); 2) matematik dasturlash — amaliy matematikaning bir boʻlimi; umumiy maʼnoda — biron-bir funksiya fo(x) ning ekstremumini (qarang Ekstremum) topish masalasi tushuniladi.

Obyetkga qaratilgan tillar

Pascal

Delphi

C# dastrulash tili

Java

C++

Visual Basic

ActionScript

Python

Ruby

Skript tillar

PHP

Python

JavaScript

Golang

TypeScript

Data base

MySQL

PostgreSQL

MongoDB

Ushbu maqolada web(veb) server haqida ma'lumot beriladi.
Hozirgi kunda internet, juda katta tezlikda rivojlanib ketmoqda. Shu bilan birga internetga oid har xil terminlar ko'paymoqda. Misol uchun, sayt, portal, veb sahifa, veb server,….Bu terminlarni o'rganish, hozirgi zamon uchun muhim hisoblanmoqda. Biror inson bilan internet haqida gaplashsangiz, bu terminlarni bilmasangiz, boshqa tildagi inson bilan gaplashganday bo'lasiz va uni tushunmaysiz. Bu maqolada shunday terminlardan biri – veb server haqida to'xtalib o'taman. Biror bir internet saytga kirish uchun, brouzerga manzil yozsangiz, brouzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma'lumotlarni ko'rsatish haqida so'rov jo'natadi, kompyuter oddiy temir bo'lgani uchun bu so'rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya'ni bu so'rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o'rnatiladi. Mana shu dastur veb dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, veb serverga aylanadi. Hozirda veb dastur deyilmasdan, umumiy holda veb server deyilmoqda. Demak, veb server — foydalanuvchidan kelayotgan so'rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo'natadigan dasturdir. Foydalanuvchi sifatida veb brouzer(http, https protokoli orqali), mobil telefon(wap protokoli orqali), ba'zi dasturlar(antiviruslar) bo'lishi mumkin. Veb server orqali butun sayt boshqariladi, ya'ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa ko'plab ishlarni amalga oshiradi. Veb serverni siz o'z uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur o'rnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak bo'ladi. So'ng o'z saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo'lishi kerak. Veb serverni tushuntirish uchun bitta lirik chekinish, o'xshatish qilaman(qo'polroq bo'lishi mumkin. Tushuntirish uchun nimalar qilishmaydi-a). Biror saytni bitta somsa deb tasavvur qilamiz. Somsa ichidagi masalig'lar, saytning ichidagi ma'lumotlar(matn, rasm, video,..). Bu somsani biror bir inson pishirgan, demak pishirgan odam, veb dasturchidir(kimlardir somsa pishishiga yordam bergan bo'lishi mumkin, bular veb dizaynerlar, verstkachilar). Bu somsani sotish kerak, uning uchun joy topish kerak va ruxsat olish kerak. Bu o'xshatish domen va hostingga mos tushadi. Sotuvchi bo'lsa, veb serverdir, ya'ni sotishni boshqaradi(puli borlarga sotadi, hohlasa sotmasligi ham mumkin), hullas sotishni boshqaradi. Veb serverga o'rnatiladigan veb dastur turlari ko'pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta "Apache"dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Quyida ba'zi bir veb serverlarni nomini keltirdim.

• Apache – Apache Software Foundation.

• IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o'rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).

• Nginx – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.

• Lighttpd – ochiq veb server.

• Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.

• Resin

• Cherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.

• Rootage – Java tilida yozilgan veb server.

• THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.