Internet haqida tushuncha | WEB nima!

...

...
Internet nima

Bugungi kunda internet inson hayotining eng muhim qismlaridan biriga aylandi. Internet qiziqarli ma’lumotlar olish, biznes yuritish va ko’plab boshqa imkoniyatlarni beradi. Tabiiyki, u suv yoki oziq-ovqat kabi muhim emas, ammo yo’q bo’lib qolsa, insoniyatni bir necha asr orqaga qaytarib yuboradi. Keling, internet nima ekanligini va u bizning hayotimizda qay darajada muhimligini tahlil qilaylik Internet nima? deb savol berilganda odamlar aniq javob berishga qiynalishadi. Ayrimlar uni aloqa vositasi deb bilsa, boshqalar ma’lumotlar ba’zasi yoki, biznes yuritish uchun qulay platforma deb hisoblaydi. Lekin, bu tushunchaning aniq ta’rifi bor. Oddiy so’z bilan aytganda, internet bu dunyoning turli burchaklarida joylashgan va ma'lumot olish uchun mo'ljallangan aloqa kanallari orqali bir-biriga ulangan ko'plab kompyuterlardir. Ya’ni, server va mijozdan iborat global tarmoq degani. Internet nima ekanligini tushuntirishda, eng muhim narsa bu, juda ko'p ma'lumotlarni qabul qila oladigan va qayta ishlaydigan kuchli kompyuterlardan tashkil topgan serverlarga o'rnatilgan dastur ekanligini aytib o’tishdir.

...
Internet nima

Internet nima ekanligini bilib oldik. Endi esa unga ulanish usullarini quyida ko’rib chiqamiz. Shuni ta'kidlash kerakki, tarmoqqa ulanish usullari soni doimiy ravishda o'sib bormoqda, shuning uchun maqolada bugungi kunda keng tarqalganlari haqida ma’lumot beraman. Siz esa, o’zingiz uchun qulayini tanlaysiz:

• FTTB (FTTH) — Eng mashhur texnologiya, uning prinsipi xizmat ko'rsatuvchi provayder bilan bog'laydigan kommutator o'rnatishdadir. Xonadonga, yohud uyga, kompyuter yoki routerga ulanadigan sim kiritiladi. Bunday internetning maksimal tezligi 1 soniyada 1 Gbitni tashkil etadi.

• xPON. Optik tolali kanal orqali ulanish eng ilg'or va zamonaviy usul hisoblanadi. Internetga ulanish qobiliyati Gigabit kanalining Triple Play xizmatlari bilan tashkil ladi. Ulanish optik kabel orqali amalga oshiriladi.

• Sun'iy yo'ldosh aloqasi. Ushbu ulanish turi bir tomonlama bo'ladi, u faqat ma'lumot olish uchun ishlaydi, uzatish uchun esa odatiy aloqa kerak bo’ladi

• GPRS va 3G (va undan yuqori). Mobil Internetga talab kundan kunga oshib bormoqda. Uning yordamida odam istagan joyida internetga ulanishi mumkin. Uning tezligi va sifati mobil aloqa xizmati operatoriga bog’liq bo’ladi.

• WiFi va WiMax. Simsiz tarmoqlar bo’lib, ko'p hollarda odamlar to'planadigan joylarda ishlatiladi. Xozirgi kunda katta savdo markazlari, kafe va restoranlarda bu turda ulanish keng qo’llanilib kelinmoqda.

Internetning tezligi barcha foydalanuvchilarni qiziqtiradi. Chunki, aynan tezlik sizni tarmoqdagi faoliyatingizning sifat darajasini belgilab beradi. Masalan, tasavvur qiling, siz internetda bir film ko’rmoqchisiz, ammo tezlik past. Bu holatda siz ochmoqchi bo’lgan fayl juda uzoq vaqt yuklanadi yoki, eng alam qiladigani, film qiziq joyiga kelganida “qotib qoladi“. Sizning esa, kutaverib hafsalangiz pir bo’ladi. Xo’sh, internet tezligi tushunchasi nimani anglatar ekan? Internet tezligi-kompyuter tomonidan qabul qilinadigan yoki, ma'lum bir vaqt ichida tarmoqqa uzatiladigan ma'lumotlarning maksimal soni tezlik yoki o'tkazuvchanlik deb ataladi. Dunyodagi eng tez internet qayerda ekanligini bilish albatta qiziq, ma’lumotlarga ko’ra u Yaponiyada ro'yxatga olingan. Mamlakat aholisi 60 Mbit / s dan ortiq internet tezligiga ega. Albatta, internet tezligi uchun barcha javobgarlikni provayderning bo’yniga qo’yish noto’g’ri bo’ladi. Chunki, tezlikka ta'sir qiluvchi boshqa omillar ham bor. Masalan:

• Tanlangan tarif rejasi;

• Uzatish kanali texnologiyasi;

• Tarmoqning boshqa foydalanuvchilar tomonidan yuklanishi;

• Saytlarning yuklanish tezligi;

• Kompyuterning dasturlari va ilovalarining ishlashi;

• Operatsion tizim va kompyuterning sozlamalari.

Mana endi navbat, biz barcha gunohlarda ayblashga o’rganib qolgan provayderlarga keldi.

DIQQAT! Provayder so’zini birinchi marotaba bizni maqolamizda o’qiganlar uchun ma’lumot! Foydalanuvchilarga internetdan va boshqa tegishli xizmatlardan foydalanishni ta'minlab beradigan kompaniya provayder deb ataladi.

Deyarli har bir provayder bir nechta tarif rejalarini tanlashni taklif qiladi. Agar siz eng hamyonbop internetga qiziqayotgan bo'lsangiz, tarif rejalarida kirish tezligi, uzatilgan ma'lumotlarning mavjudligi yoki yo'qligi haqida bilishingiz kerak. Tanlovni o'z talablaringizga asoslanib amalga oshiring.

O’zbekistonda, hozirda 27 tadan ortiq internet provayderlar mavjud. Ulardan bir nechtasi bilan sizni quyida tanishtiraman:

• Sarkor Telekom -2003 yildan buyon o’z faoliyatini yuritadi. O'zbekiston va Toshkentdagi eng mashhur provayderlardan biri.

• Uzonline — o’z mijozlariga ADSL-internet, FTTB-internet xizmatlarini taklif etadi.

• TPS — 1999 -yildan beri o’z faoliyatini yuritib kelmoqda.

• EVO— Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ishlaydigan provayder. Ushbu provayder o’z xizmatlarining sifati bilan ajralib turadi. Lekin, ko’pchilik xizmatlarning narxi qimmatligidan shikoyat qiladi.

Internet foydalananuvchilaridan “Trafigim kam qoldi” “Trafik sotib olishim kerak” kabi gaplarni ko’p eshitgansiz albatta.

Trafik atamasi axborot almashinuvining tezligi va hajmini aniqlaydigan matematik ko'rsatkichni anglatadi. Trafik miqdori Mbayt, Mbayt, Gbaytlarda o'lchanadi.

Trafiklar ikki guruhga bo'linadi:

1. Kiruvchi (olingan ma'lumotlar)

2. Chiquvchi (yuborilgan ma'lumotlar).

Bundan tashqari cheksiz internet degan tushuncha mavjud, u hech qanday cheklovlarsiz olinadigan ma'lumotlarning miqdori, yoki, tarmoqda o'tkaziladigan vaqt huquqini anglatadi.

Ko’pincha cheksiz internet foydalanuvchilari internetning sekin ishlashidan shikoyat qilishadi, bu internet provayderlarning trafikni tejash uchun sun’iy ravishda tezlikni kamaytirganligidan dalolat beradi.

Internet foydalanuvchilar uchun doimiy ravishda kengayib boradigan ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi.

Ba'zi odamlar uchun Internet, qiziqarli va qulay dam olishni tashkil etishga xizmat qiladi. Tadbirkorlar uchun esa, global tarmoq tijorat faoliyatini amalga oshirishning turli usullarini, shu jumladan, qidiruv tizimlarida veb-saytlarni targ'ib qilish va auditoriyani jalb qilishning boshqa usullarini onlayn tarzda taqdim etadi.

Bugungi kunda sizda onlayn loyihangizga sarmoya kiritish imkoni bor, bu esa, siz uchun barqaror daromad manbaiga aylanishi mumkin. Bunda, loyihangizni tarmoqda rivojlantirishga ixtisoslashgan SEO kompaniyalarining xizmatlari sizga yordam berishi mumkin. Bugungi kunda bunday xizmatlar juda ko'p. Odatda, SEO xizmatlari sifati va to'lov miqdori bo'yicha farq qilishi mumkin. Sizga ishonchli kompaniyalar bilan bog'lanishni va kompaniya mijozlarining sharhlarini o'qishni maslahat beraman.

Internetning qirralari juda ko’p, shuning uchun, har bir foydalanuvchi o'z turmush tarzi va xarakteri asosida to’g’ri keladiganini tanlashi mumkin. Biroq, odamlarning aksariyati uchun global tarmoq faqatgina axborot olish uchun standart vosita bo’lib qolgan.

Shunday qilib, biz internetning asosiy tushunchalarini tahlil qildik va umid qilamanki, internet tuzilishi siz uchun yanada tushunarliroq bo'ldi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, internet muayyan mamlakat yoki kompaniyaga tegishli emasligi sababli, u yagona nazorat markaziga ega emas, shuning uchun uni bir vaqtning o'zida hamma joyda o'chirib qo’yish imkoni yo’q.

BMTning 2011-yil 3-iyundagi qaroriga binoan, internet inson huquqlari qatoriga kiritildi, shuning uchun, ayrim hududlarni undan uzish inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi.