MySQL Darslar | O'zbekcha!

...

1.Kirish

REJA:

HTML bo'yicha boshlang'ich ko'nikmaga ega bo'lish <html> <⁄html>

CSS bo'yicha boshlang'ich ko'nikmaga ega bo'lish CSS

Kursdan asosiy maqsadi MySQL Dasturlash tilini to'liq o'rganib olib, uning yordamida osonlik bilan responsive va zamonaviy web loyihalarni yaratishni o'rganish. Albatta kursni oxirida, MySQLdan foydalanib yordamida o'zimizning loyihani yaratib chiqamiz

MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.

Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni ochish, o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p), ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.

MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.

MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.

So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.

MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.

MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.

MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…

MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.

MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.

1. VS Code IDE (Live Server) (https://code.visualstudio.com/docs/?dv=win)


Auto Close Tag | Tagni avtomatik yozish

Auto Complete Tag | Taglarni avtomatik yopish

Auto Rename Tag | Taglarni avtomatik o'zgartirish

Beautify | Kodni chiroyli formatirovat qilib ko'rsatadi.

Bracket Pair Colorizer | JS Koddagi qavslarni rangga ajratib ko'rsatadi.

CSS Peek | HTML tagda qaysi CSS ga tegishli ekanini ko'rsatadi. CTRL

ESLint | MySQLdagi Kodni to'g'ri yozilayotganini nazorat qiladi.

MySQL (ES6) code Snippets | Import va Export dagi kodlarni avtomatik chiqaradi.

Path autocomplete | Boshqa faylni import qilganda avtomatik

VScode-icons | Fayl iconkalarini ajratib ko'rsatadi.

2. Google Chrome Browser (https://www.google.com/chrome/)

MySQL turlari va talqinlar tushunchasi


Console nega kerak Oldingi maqolada mysql haqida boshlang'ich tushunchalar bilan tanishib chiqdik(nima ekanligini). Bu maqolada mysql turlari, qaysilari tekin, qaysilari pullik ekanligini, talqin tushunchasi va ko'chirib olish uchun qanday fayllar taklif qilinishini ko'rib chiqamiz.

MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya'ni bir xil tipga ega bo'lgan(ishlash texnologiyasi bir xil), lekin o'rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo'lgan. Shuning uchun MySQL 4 talqini MySQL 5 talqinidan farq qiladi. Hozirda(maqola yozilishida) eng so'ngi talqini 5.6.14 dir.

Keling enda,talqinlar nimani anglatishini bilib olamiz. Har bir dastur, ma'lum bir sonlar asosida talqinlarga ajratiladi. Dastur ismi o'zgarmaydi, faqat sonlar o'zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya'ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi. MySQL dasturi ham hamma dasturlar kabi o'z talqiniga ega(5.6.14). Demak birinchi raqam asosiy raqam deyiladi. Bizning holatda bu 5 raqami. Bu raqam kamdan kam o'zgaradi, faqatgina dasturning asosi o'zgarsa o'zgaradi. Keyingi raqam 6, bu raqam asosiy raqamga yordamchi raqam hisoblanadi va asosiy raqamga qaraganda tezroq o'zgaradi. Buning o'zgarishi, dasturning ishlash texnologiyasi biroz o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi. Keyingi raqam build deyiladi. Bizning holatda bu 14 raqam. Dastur ishlashida biror nuqson(bug) paydo bo'lsa, dasturchilar darrov shu nuqson(bug)ni yo'qotishadi va raqamni keyingisiga o'zgartirib qo'yishadi. Bundan ko'rinib turibdiki bu raqam tez o'zgaradi. Bu o'zgartirish dasturchilar tilida Patch deyiladi. O'z tajribamdan kelib chiqib fikr bildirsam, har bir yangi chiqgan Patch, eski nuqsonlarni bartaraf etib, yangisini paydo qiladi :).

MySQL asosan 2 turga bo'linadi. Birinchisi, pullik talqin bo'lib, MySQL Enterprise Server deyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma'lum bir mablag' to'lash talab etiladi.

Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.

MySQL Enterprise Serverni MySQL Community Serverdan farqi, Enterprise tipi o'zida barcha utilitlarni qamrab oladi va chiqayotgan barcha yangi patch va o'zgarishlar dastlab shu tipiga chiqariladi va ancha vaqtdan so'ng Community tipiga chiqadi. Undan tashqari Enterprise tipida klaster texnologiyasi ham mavjud. Biz uchun Community tipi ham yetarli hisoblanadi va shu tipini o'rganib boramiz.

MySQL Community tipining ham 2 turi mavjud bo'lib, biri Essentials(boshlang'ich) talqini, ikkinchisi Installer deyiladi. Essential turida faqat server mavjud bo'lib, hech qanday qo'shimcha komponenlar yo'q, Installerda esa bir necha qo'shimcha komponentlar mavjud bo'lib, hajmi ham kattaroq. Essential talqini zip arxivda beriladi, Installer esa msi fayli ko'rinishida bo'ladi.

Undan tashqari mysql ni ko'chirib olishda, operatsion tizimning qaysi bitligini ham inobatga olish lozim. Saytda ham, 64 va 32 uchun alohida mysql dasturini fayllari taklif qilinadi.

MySQL ishlashi uchun, hech qanday Apache serveri, hech qanday PHP kerak emas. Faqatgina bazani o'zini o'rganmoqchi bo'lsangiz, Apache PHP larni o'rnatmang. Bular faqat to'liq sayt yaratish uchun kerak. To'g'ri bularni o'rnatish ham qiyin emas, lekin ortiqcha narsalar. Bazani mukammal o'rganganingizdan so'ng qolgan narsalarni o'rnatib, sozlovchi fayllar orqali bir birlarini bog'lab olasiz.

Ya'na bir narsa, ko'pchilik saytlarda oldin Apache qo'ying, keyin mysql va oxirida PHP ni o'rnating degan maqolalarni uchratish mumkin. Umuman olganda ketma-ketlikning umuman farqi yo'q, birgalikda ishlashsa ham, bular hammasi alohida — alohida dasturlar.

Agar hali ham mysql nimaligini anglay olmagan bo'lsangiz, oxirgi tushuntirish gaplarini yozaman, bu — ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo'lib, bu tizimga sinonim tizim qilib, Oracle, MS SQL SERVER larni misol qilish mumkin.


texnoman

Komentariya bu - Izoh: Bor bir kodni yozganingizda kod haqida ma'lumotni yozib ketish kerak sababi sizning kodingizni boshqa dasturchi tushinishi yoki o'zingiz tushunmay qolishingiz mumkin. Kodni o'qilish jarayonini tezlashtirish maqsadida yoziladi.

Bir qatorli Komentariyalar ikkta slesh belgisi bilan yoziladi.

// bu bir qatorli komentariya

Ko'p qatorli Komentariyalar slesh yulduzcha va yulduzcha slesh bilan yoziladi.

/* bu ikki qatorli komentariya */


Konkatenatsiya - bu O'zgaruvchilarni bitta qatorga chiqarib beradi.

Ya'ni ikki uchta o'zgaruvchilarni bir biriga qo'shib chiqarish desak to'g'riroq bo'ladi.

Stiring - bu qator. Metodlari (Usullari)

String metodlari - bu qanaqadir vazifani, logikani bajaradigan funksiyalar hisoblanadi. Odatda bularni metod deyiladi.

Array bu - O'z ichida ko'plab o'zgaruvchilarni saqlaydigan o'zgaruvchi. ya'ni bir vaqtning o'zida bitta containerdan ko'plab o'zgaruvchilar
Arrayni o'ziga yangi o'zgaruvchi qo'shish

Arrayni manipulyatsiya qilish, qo'shimcha va boshqalar

Object bu - Obyekt, obyekt va uning hususiyatlari, Juda ko'p qo'llaniladigan o'zgaruvchi turi hisoblanadi. Biror shaxsni obyekt deb oladigan bo'lsak, ismi, familiyasi, yoshi, manzili, hobbiysi va boshqa hususiyatlari, Obyektlar kalit va qiymat ko'rinishida e'lon qilinadi.
JSON haqida

JSON bu - MySQLdagi objectning matn ko'rinishi va tez ma'lumot almashish turi hisoblanadi.

Serverdan Web sahifaga ma'lumot uzatishda JSONdan foydalanishimiz mumkin.

MySQL object ma'lumotlarni JSONga o'zgartirishimiz va JSONni objectga aylantirishimiz mumkin. JSON matn ko'rinishida bo'ladi.

Asosan frontend uchun ham backend uchun ham ma'lumotlarni object ko'rinishida uzatish qulay, odatda frontend ham ma'lumot keldanda massivni ichiga solingan object ko'rinishida bo'ladi.

1 - misol: Massivni JSON formatga o'kazish

2 - misol: JSONni massivga o'kazish

Sikl bu - ma'lum bir shart (false) yolg'on bo'lib qolmaguncha bajariladigan jarayonga aytiladi.

Bu yerda x = 0; Dastlabki qiymatni nol deb qabul qiladi va siklga kirib nolni chiqaradi.

x++ (Increment-kattalashtirish) qiymatini qabul qilib keyin siklga kiradi va x = 8 dan kichik ekanligini tekshirib bitta ga oshirib siklga chiqaradi

Shu tariqa x toki sakkizga teng bo'lmaguncha siklni tekshiradi.

while sikli ham shu forga o'xshash bo'lib, faqatgina qiymadi sikldan tashqarida yoziladi.
for sikliga misol ko'raylik
for sikli yangi yozilishi
Yuqori darajali array metodlari forEach(ES6), map, filter
map metodi yangi arrayni qaytaradi.
filter metodi shart bajarilgandagi natijalarni qaytaradi

This is the third item's accordion body. It is hidden by default, until the collapse plugin adds the appropriate classes that we use to style each element. These classes control the overall appearance, as well as the showing and hiding via CSS transitions. You can modify any of this with custom CSS or overriding our default variables. It's also worth noting that just about any HTML can go within the .accordion-body, though the transition does limit overflow.

Bundan oldin HTML va CSS bo'yicha boshlang'ich ko'nikma yaxshi o'rganib olish

Videolarni etibor bilan ko'rib chiqish.

Video davomida yozilayotgan kodlarni o'zingizda ham yozib oling.

Tushunmagan va qiyin tuyilgan mavzular yoki savollarni yozib boring.

Practice, Practice va yana Practice.

1. VS Code IDE (Live Server) (https://code.visualstudio.com/docs/?dv=win)

2. Google Chrome Browser (https://www.google.com/chrome/)