id Attribute
Id deganda takrorlanmas yogona bo'lgan raqam yoki matn nazarda tutiladi.
HTML da id atributi element uchun takrorlanmas matn (kalit) berish uchun ishlatiladi.
HTML hujjatida bir xil idga ega bo'lgan bir nechta element bo'lshi mumkin emas. Bu degani bitta elementda bitta id bo'ladi uni idsini boshqa element ishlata olmaydi.
id attributi
Html da xam bitta elementga id atribute yozish mumkin. Bitta idni bitta element ishlatishi mumkin. Bitta id ni 2ta element ishlata olmaydi.
Css da ham id tushunchasi bor. Css da ham id orqali html elementga stillar yozish mumkin.
Css da id nomi # ishorasidan keyin yoziladi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <head> <style> #myHeader { background-color: lightblue; color: black; padding: 40px; text-align: center; } </style> </head> <body> <h1 id="myHeader">Sarlavha</h1> </body> </html>
Namunada myHeader degan id yozilgan. U css da #myHeader deb yozilgan sababi css da idlar # ishorasi bilan boshlanadi.
Html da h1 elementiga id atribut yozilgan uning qiymati myHeader ga teng. Va natijada h1 elementga myHeader da yozilgan stillar tasir qildi.
Eslatma Id da katta va kichik harflar farq qiladi. Masalan myId bilan myid ni farqi bor. Bular 2ta turli id hisoblanadi.
Id yozayotganda eng kamida 1ta raqam yozish kerak va boshliklar bo'lishi mumkin emas.
Class va Id farqi.
class bir nechta HTML elementlari tomonidan ishlatilishi mumkin.
id esa faqat bitta HTML elementi tomonidan ishlatilishi kerak.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <head> <style> #myHeader { background-color: lightblue; color: black; padding: 40px; text-align: center; } .shahar { background-color: tomato; color: white; padding: 10px; } </style> </head> <body> <h2>class va id o'rtasidagi farq</h2> <p>class bir nechta HTML elementlari tomonidan ishlatilishi mumkin. <br> id esa faqat bitta HTML elementi tomonidan ishlatilishi kerak.</p> <!-- ushbu element takrorlanmas id nomini oladi --> <h1 id="myHeader">Mening Shahrim</h1> <!-- Turli --> <h2 class="shahar">London</h2> <p>Angilyaning poytaxti London</p> <h2 class="shahar">Paris</h2> <p>Fransiyaning poytaxti Paris</p> <h2 class="shahar">Tokyo</h2> <p>Yaponiyaning poytaxti Tokyo</p> </body> </html>
Namunada shahar klasini 3ta element ishlatyapdi ammo myHeader degan id ni bor yo'gi bitta element ishlatyapdi.
Css darslarimizda Css haqida ko'proq ma'lumot olsangiz bo'ladi.
HTML Bookmarks with ID and Links
Html Bookmarks deganda veb saxifani qaysidir qismini belgilab qo'yish nazarda tutiladi.
Bookmarks htmlda web saxifani belgilangan qismiga sakrab o'tish uchun ishlatiladi.
Agar sizning web saxifangiz katta bo'lsa saxifaning qaysidir qismida sakrab o'tish uchun html bookmarks dan foydalangan yaxshi.
Html Bookmarks dan foydalanish uchun oldin bookmark yaratiladi va uni link (havola) ga ulanadi.
Endi qachon link bosilganda o'sha link bog'langan bookmark ga veb saxifa skroll bo'ladi.
Namuna
Belgilangan (sakrab o'tilishi kerak bo'lgan) elementga id attribuni yozamiz.
<h2 id="M4">Mavzu 4</h2>
Qandaydir link yaratiladi va bookmark ga link qilib qo'yamiz.
<a href="#M4">4-chi mavzuga O'tish</a