Formatting
HTML da maxsus ma’noga ega bo’lgan matnlarni ajratib ko'rsatish uchun bir nechta elementlar bor.
Namuna
Bu qalin matn
Bu kursiv matn
Bu subscript va superscript matn
Formatlash elementlari
- <b> - qalin matn
- <strong> - Muhim matn
- <i> - Kursiv matn
- <em> - ta’kidlangan matn
- <mark> - Belgilangan matn
- <small> - Kichikroq matn
- <del> - O’chirilgan matn
- <ins> - kiritilgan matn
- <sub> - pastki matn
- <sup> - Yuqori matn
Barchsi haqida batafsil
<b> va <strong> elementlari
HTML dagi <b> va <strong> element matnini qalin qilib ko'rsatadi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Bu normal matn.</p> <p><b>Bu esa qalin matn.</b> Nimadir.</p> <p> <strong> Strong </strong> teks namuna.</p> </body> </html>
Natija
Bu normal matn.
Bu esa qalin matn. Nimadir.
Strong teks namuna.
<i> va <em> elementlari
<i> elementi alternativ ovozdagi matnni belgilaydi va uning ichidagi matn asosan kursiv bilan belgilanadi.
Maslahat: <i> tegi asosan texnik terminni, boshqa tillardan olingan iborani, fikrni, kemalar nomini va boshqalarni belgilash uchun ishlatiladi.
<em> elementi ta’kidlangan mattni belgilaydi va ichidagi matn kursiv bilan belgilanadi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Bu normal matn.</p> <p><i>Bu matn kursiv bilan belgilangan.</i></p> <p><em>Bu ta'kidlangan matn </em></p> </body> </html>
Natija
Bu normal matn.
Bu matn kursiv bilan belgilangan.
Bu ta'kidlangan matn
<small> elementi
HTMLda <small> elementi o’lchami kichikroq bo’lgan matnni belgilaydi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Bu normal matn.</p> <p><small>Bu kichikroq matn.</small></p> </body> </html>
Natija
Bu normal matn.
Bu kichikroq matn.
<mark> elementi
<mark> elementi ajratib ko'rsatadi. Odatta ajratilib ko'rsatilishi kerak bo'lgan tekslarga ishlatiladi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Do'kondan <mark>sut</mark> olishni unutmang.</p> </body> <html>
Natija
Do'kondan sut olishni unutmang.
<del> elementi
<del> elementi fayldan o’chirilgan matnni belgilaydi. Brauzer odatda ushbu matnning ustidan chiziq o’chirib ko'rsatadi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Mening sevimli rangim <del>sariq</del> yashil.</p> </body> </html>
Natija
Mening sevimli rangim sariq yashil.
<ins> elementi
<ins> elementi teksning tagiga chizadi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Men yoqtirgan rang bu <del>sariq</del> <ins>yashil</ins>.</p> </body> </html>
Natija
Men yoqtirgan rang bu sariq yashil.
<sub> elementi
<sub> elementi pastki matinni belgilaydi va bunda matn oddiy satrning pastki yarmida va ba’zan kichikroq shriftda yoziladi.
Manalan H2O kabi kimyoviy formulalar uchun ishlatilishi mumkin.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p>Bu <sub>subscript</sub> matn.</p> </body> </html>
Natija
Bu subscript matn.
<sup> elementi
<sup> elementi yuqori matnni belgilaydi va bunda matn oddiy satrning tepa yarmida va asosan kichikroq shriftda yoziladi.
Namuna
<!DOCTYPE html> <html> <body> <p> Bu <sup>superscript</sup> matn.</p> </body> </html>
Natija
Bu superscript matn.