Color - Ranglar
Css da ranglar qiymatini yozishni bir nechta usuli mavjud. Ular oldindan belgilab qo'yilgan ranglar nomi yoki RGB, HEX, HSL, RGBA, HSLA ko'rinishida bo'lishi mumkin.
CSS Color Names
Css da ranglarni ularning oldindan yozib qo'yilgan nomlari bilan ishlatish mumkin.
Namuna
CSS Background Color
Background degani orqa fon deb tushinib olsak bo'ldi. Background color degani orqa fon rangi deb tarjima qilsak bo'ladi.
background-color
xususiyati orqali html elementlarni orqa fon rangini o'zgartirish mumkin.
Namuna

h1 da background-color: indianred yozilgan

p da background-color: aquamarine yozilgan

CSS Text Color
color
xususiyati orqali elementdagi teksning rangini o'zgartirish mumkin.
Namuna

Salom Dunyo

Bu teksda color:blue qiymati bozilgan

CSS Border Color
Border chegara deb tarjima qilinadi. Elementning chegarasiga stillar berish mumkin. Border haqida alohida darsda batafsil tushintirilgan.
Css da Elementning chegarasini rangini o'zgartirish mumkin.
Namuna

Salom Dunyo

Bu elementni chegarasi rangi red yozilgan

CSS Color Values
Css da rangning qiymat ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. RGB , HEX , HSL , RGBA , HSLA ko'rinishda rang qiymatini yozish mumkin.
Quyidagi namunada bitta rangni turlicha ko'rinishdagi qiymatlari yozilgan.
CSS RGB Colors
Css da ranglarni rgb ko'rinishida berish mumkin. RGB (Red, Green, Blue)
Sintaksis
rgb (Red, Green, Blue)
Namuna

rgb(255, 127, 31)

rgb(255, 0, 0)

rgb(106, 90, 205)

RGBA Value
rgba (Red, Green, Blue, alpha)
Alpha bu rangni tiniqligini bildiradigan qiymat. 0.0 dan 1.0 gacha bo'lishi mumkin. 0.0 da umuman ko'rinmaydi. 1.0 da tiniklik 100% bo'ladi. 1.0 bu default holat.
Namuna

rgba(255, 127, 31,0.1)

rgba(255, 127, 31,0.4)

rgba(255, 127, 31,0.8)

rgba(255, 127, 31,1.0)

CSS HEX Colors
Css da ranglarni 16 lik sanoq sistemasida ifodalash mumkin
#CD5C5C
Namuna
CSS HSL Colors
css da ranglar HSL formatda yozilishi mumkin. HSL (Hue, Saturation, Lightness) (rangni tusi, to'yinganlik miqdori, yorug'lik miqdori)
Sintaksis
hsl(hue, saturation, lightness)
Namuna

hsl(0, 55%, 80%)

hsl(0, 100%, 50%)

hsl(270, 100%, 50%)

Value
hsla(hue, saturation, lightness, alpha)
Alpha bu rangni tiniqligini bildiradigan qiymat. 0.0 dan 1.0 gacha bo'lishi mumkin. 0.0 da umuman ko'rinmaydi. 1.0 da tiniklik 100% bo'ladi. 1.0 bu defaul xolat.
Namuna

hsla(0, 100%, 50%,0.2)

hsla(0, 100%, 50%,0.6)

hsla(0, 100%, 50%,0.8)