kirish

Css bu nima ?

  • CSS bu Cascading Style Sheets so'zlari bosh harflari dan olingan bo'lib, Kaskadli Stillar Sahifasi degan ma'noni anglatadi.
  • Css brauserda Html elementlarini qanday ko'rinishi kerakligini aniqlaydi.
  • CSS fayli kengaytmasi .css bo'lib uning ichida stil kodlari yoziladi va saqlanadi.
  • CSS ni o'rganish juda ham oson.

Css nimaga kerak ?

CSS dan oldin web dasturchilar HTML tegi ko'rinishini o'zgartirish uchun atributlar va maxsus teglardan foydalanishgan.

Masalan <p> tegini olsak uni ko'rinishini <font> maxsus tegi orqali o'zgartirishgan:

Namuna

<p><font size="15" color="red" face="Arial">Salom dunyo!</font></p>

 

Izoh. Agar veb saxifaga faqat html taglaridan foydalanib  dizayn (bezak) qilib chiqsak natijada juda katta html kodlari hosil bo'ladi va ularni o'qishga va ularni o'zgartirish juda qiyin bo'lib ketadi. 
Sababi barcha stillar va yozuvlar katta chiroyli qasha holda bo'ladi.

Css dan foydalanishning afzalliklari. 

  • CSS alohida tashqi faylga yozilgani bois HTML kodlar qisqaradi bu esa browser bizning sahifamizni o'qishini tezlashtiradi.
  • CSS da bir qancha dizayn imkoniyatlar mavjud. Masalan animatsiya, gradientlar va hokazo.
  • Bitta veb saxifani bir qancha katta, kichik uskunalar uchun moslashtish mumkin. Masalan mobil telefonlar, komputer ekranlari, planshet va h.k.
  • Css  yana juda ko'p muommolarni yechadi va dasturchilarga ancha qulayliklar yaratib beradi. Qisqasi hayotni yengillashtiradi.
  • Css veb saxifa uchun  bamisoli qizlarning  pardoz andozi dir. pardoz andozni ham meyyori bo'lgani yaxshi.
  • CSS ni ishlatish va o'rganish juda oson. Ingliz tilini kamida o'rtacha boshqichda bilsangiz nur ustiga ola nur. 

Maqolalar davomida css  boshlang'iz bosqichdan professional darajagacha qadamma qadam o'rgatiladi.

Muhim!!! Esda tuting kodlarni ma'nosini tushinsangiz ularni eslab qolish oson bo'ladi.  Eng muximi ko'p praktika qilish kerak. Tinmasdan kod yozavering.