Backgrounds
Background so'zini orqa fon deb tushunib olsak bo'ladi.
Css da background xususiyati orqali elementni orqa fon effectlarini o'zgartirish uchun ishlatiladi
Bu darsda quyidagi background xususiyatlari haqida gaplashamiz.
- background-color (fon rangi)
- background-image (fon rasmi)
- background-repeat (fon da rasm takrorlanishi)
- background-attachment (fon da )
- background-position (fon da rasm positsiyasi)
O'rganadigan xususiyatlar ko'p. Shuning uchun bir boshdan boshlaymiz.
CSS background-color
Background color degani fon rangi deb tarjima qilsak bo'ladi.
background-color
xususiyatida elementning fon rangini o'zgartirsak bo'ladi.
Namuna
body
{
background-color: aquamarine;
}
bacground-color
xususiyatida rangning qiymatini quyidagicha yozish mumkin:
- rangning nomi bilan - 'red', 'yellow'
- HEX ko'rinishida - '#fc0303', '#fc0303'
- RGB ko'rinishida - 'rgb(255,0,0)', 'rgb(255,255,0)'
Boshqa elementlar bilan namuna
background-color
xususiyatini xohlagan html elementlari uchun ishlatsa bo'ladi.
Namuna
h1 {
background-color: indianred;
}
div {
background-color: blue;
}
p {
background-color: yellow;
}
Opasity / Transparency
Opacity va Transparency so'zlarini shaffoflik, tiniqlik deb tushunib olsak bo'ladi. Ikkala so'zni ham ma'nosi bir xil.
Css ning opasity xususiyatida elementning qanchalik tinik ko'rinishini belgilaydi.
Opasity xususiyati 0.0 dan 1.0 gacha bo'lgan qiymatlarni qabul qiladi. 1.0 bu default qiymatdi. 1.0 da element boricha ko'rinadi. Qiymat 1 dan kamaygan sari tiniqlik ham kamayib ketadi.
opacity: 0.1
opacity: 0.5
opacity: 1.0
Namuna
img {
opacity: 0.1;
}
Transparency using RGBA
Tepadagi namunaga o'xshab opasity xususiyati elementning bolalariga ta'sir qilishini xohlamasangiz RGBA dan foydalaning.
RGBA degi RGB
bu (Red, Green, Blue ) bo'lib ranglarni berish usuli hisoblanadi. A
bu Alpha bo'lib shu yozilgan ranglarni tinikligini bildiradi. Alpha ham xuddi opasity kabi ishlaydi va 0.0 dan 1.0 gacha bo'lgan qiymatlarni oladi.
Namuna
div {
background-color: rgba(255, 68, 97, 0.1);
}
Natija
Background Image
background-image
xususiyati orqali fon da rasmlarni ishlatsak bo'ladi.
Default holatda fonda ishlatilgan rasm elementni butunlay qoplab olishga harakat qiladi.
Agar rasm uzunligi element uzunligidan kichik bo'lsa rasm takroriy chiqib elementni fon qismini egallab oladi.
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
}
Eslatma background-image
dan foydalanganda ko'zni og'ritmaydigan va tekslarni o'qishga xalaqit bermaydigan rasmdan foydalaning.
CSS Background Repeat
Repeat so'zi takrorlash, qaytarish degan ma'nolarni anglatadi.
Default holatda background-image xususiyati rasmni gorizantal va vertikal bo'ylab qayta ishlatishga urinadi.
Sababi agar rasmning uzunliklari elementning uzinliklaridan kichik bo'lsa rasm elementni fonini egallab olishga harakat qiladi.
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
}
Sintaksis
background-repeat: repeat | repeat-x | repeat-y | no-repeat;
repeat
- default qiymat hisoblanadi. Bunda rasm qayta chiqadi va butunlay element fonini egallab oladi.repeat-x
- bunda rasm faqat x o'qi bo'ylab (gorizantal) qayta chiqqadi.repeat-y
- bunda rasm faqat y o'qi bo'ylab (vertikal) qayta chiqadi.no-repeat
- bunda rasm qayta chiqmaydi. Birmarta chiqadi xalos.
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
background-repeat: repeat-x;
}
background-repeat: no-repeat
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
background-repeat: no-repeat;
}
CSS background-position
Position degani joy, joylashgan joyi, turgan positsiyasi deb tushunib olsak bo'ladi. Demak background-position degan orqa fon joylashgan joyi deb tushinsak bo'ladi.
background-position
xususiyati orqa fon rasmini joylashtirish uchun ishlatiladi.
Sintaksis
background-position: value;
Kalit so'zlar tarjimada.
top
- tepa qismbottom
- pastgi qismright
- o'ng tomonleft
- chap tomoncenter
- markazni anglatadi
Value (yozilishi mumkin bo'lgan qiymatlar) | Tarif |
---|---|
left top left center left bottom right top right center right bottom center top center center center bottom |
Agar siz faqat bitta kalit so'zni belgilasangiz, boshqa qiymat "center" bo'ladi |
x% y% |
Birinchi qiymat gorizantal ikkinchi qiymat vertikalni pozitsiyani anglatadi. Chap-Tepa qism 0% 0% qiymatlar bo'ladi. O'ng-Past qism 100% 100% qiymatlar bo'ladi. Agar bitta qiymat yozilsa ikkinchi qiymat 50% bo'ladi. Defaul holatda qiymatlar 0% 0% bo'ladi. |
xpos ypos |
Birinchi qiymat gorizantal ikkinchi qiymat vertikalni pozitsiyani anglatadi. Chap-Tepa qism 0 0 ga teng. Qiymat px da yoki css ning xoxlagan boshqa qiymat birliklari bo'lishi mumkin. Agar bitta qiymat yozilsa ikkinchi qiymat 50% bo'ladi. % bilan qiymat birliklarini aralashtirib ishlatsa bo'ladi. |
initial |
Default qiymatni qaytarib qo'yadi. |
inherit |
Qiymatni ota elementdan o'zlashtirib oladi. |
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
background-repeat: no-repeat;
background-position: center;
}
CSS Background Attachment
background-attachment
xususiyati fonga berilgan rasm elementning foni bilan birga skrol bo'lishi kerakmi yo joyida yopishib turishi kerakmi shuni anglatadi.
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
background-repeat: no-repeat;
background-position: right top;
background-attachment: fixed;
}
Default holatda scroll qiymat bo'ladi.
Namuna
body {
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
background-repeat: no-repeat;
background-position: right top;
background-attachment: scroll;
}
CSS Background Shorthand
Shorthand degani qisqacha yozish usuli deb tushunib olsak bo'ladi.
Bundan oldin o'rgangan backgrount-.....
xususiyatlarini bitta qatorda yozish imkoniyati mavjut.
Namuna
body {
background-color: indianred;
background-image: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm");
background-repeat: no-repeat;
background-position: right top;
background-attachment: scroll;
}
Shu yozilgan kodlarni qisqacha yozilishi.
Namuna
body
{
background: indianred url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm") no-repeat right top scroll;
}
Eslatma. Qisqacha yozish usulida quyidagi background xusisiyatlarini yozish mumkin.
- background-color
- background-image
- background-repeat
- background-attachment
- background-position
Agar qaysidir qiymat yozilmasa ham bo'ladi. Boshqa tartibda yozilsa ham bo'ladi.
CSS background-size
background-size xususiyatida fonga qo'yilgan rasmni uzinliklari ko'rsatiladi.
Sintaksis
background-size: auto | cover | contain | length| initial | inherit
Qiymat |
Tarif |
---|---|
auto |
Bu default qiymat. Fondagi rasm o'zining boshlang'ich uzunliklarida bo'ladi. |
cover |
Rasm fonni butunlay egallaydi. Bunda rasm o'z uzunliklarini o'zgartiradi va rasm to'liq ko'rinmasligi mumkin. |
contain |
Rasm fonni egallaydi va rasmning to'liq ko'rinib turadi. |
length |
Fon rasmini kengligi va uzunligini bildiradi. Birinchi yozilgan qiymat width (kenglik) ni bildiradi. Ikkinchi yozilgan qiymat (height) balandlikni biliradi. Agar bitta qiymat yozilsa ikkinchi qiymat auto bo'ladi. |
initial |
Qiymatni default qiymatga keltirib qo'yadi |
inherit |
Qiymatni ota elementdan o'zlashtirib oladi. |
Namuna
body {
background: url("https://via.placeholder.com/300/3e7aa7/ffffff/?text=Rasm"); background-repeat: no-repeat;
background-size: cover;
}